Haydovchisiz uchar taksi sinovdan o‘tkazildi
Texnologiya
−
29 avgust 2023
4910Xitoyliklar ko‘rinishi uchar mashina va dronning qorishmasini eslatuvchi Xpeng X2 samolyotini havoga uchiribgina qolmay, suv ustida ham sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Guanchjoudagi Xpeng aviatsiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu uchar mashinaning og‘irligi 360 kg. U to‘liq elektr transport vositasi parvozlarini boshqarishning intellektual tizimi va avtonom parvoz imkoniyatlariga ega.
“Bu uchar avtomobillarning keyingi avlodi uchun juda muhim baza bo‘ladi”, dedi kompaniya bosh menejeri Minguan Qui.
Ikki o‘rindiqli elektrosamolyot sakkizta parrakka ega bo‘lib, 140 km masofani 45 daqiqada uchib o‘tadi va 130 km/soat tezlikka erisha oladi. Garchi ushbu samolyot uchuvchisiz transport vositalari bir kun kelib havoda yo‘lovchilarni tashishi haqidagi umidlarni haqiqatga aylantirayotgan bo‘lsa-da, texnologiyasida hali bir qator kamchiliklar bor. Jumladan, batareyaning ishlash muddati, havo harakatini boshqarish, xavfsizlik va infratuzilma muammolari hozircha mashinaning imkoniyatini cheklaydi.
Bugungi kunga qadar u 4 ming martadan ortiq muvaffaqiyatli sinov parvozlarini amalga oshirdi. Agar hamma narsa rejadagidek bo‘lsa, bu versiyani ishlab chiqarish 2025 yilda yo‘lga qo‘yiladi va uning narxi 8 yuz ming yuandan (110 ming AQSH dollari) boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Lilium kompaniyasi 18 iyul kuni Ispaniya janubida vertikal parvoz qiluvchi uchar taksini sinovdan o‘tkazdi.
LiveBarchasi