Haydovchilarning eski guvohnomalari “umri” qisqardi

Jamiyat

image

Joriy yilning 31 martidan boshlab 2010 yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalari haqiqiyligini yo‘qotadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, hukumatning 2022 yil 12 apreldagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari va avtotransportlarning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha belgilandi: 

2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;

2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;

2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;

2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Xabarda ta’kidlanishicha, yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing