Haydovchilarga telefondan foydalanish huquqi berilmoqda

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonda qator qoidabuzarliklar uchun jarima miqdorini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasida haydovchilarga qator huquqlar berish ko‘zda tutilyapti.

Qonunga ko‘ra:

•    transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarga bluetooth, quloqchin va boshqa qo‘lni band qilmaydigan garnituralar foydalanishga ruxsat berilmoqda;

•    transport vositasi salonining old qismiga o‘zboshimchalik bilan monitor (displey) o‘rnatish uchun javobgarlik bekor qilinmoqda;

•    transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib tashlab hisoblash belgilanmoqda.

•    transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, sug‘urta polisi va tex. pasporti yonida bo‘lmagan haydovchilarga, O‘zbekiston Respublikasida berilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida transport vositalarini boshqarish huquqi berilmoqda. Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi DYHXX xodimi tomonidan elektron tizim orqali transport vositasi to‘htatilgan joyda mustaqil tekshiriladi.

Mazkur yangilikni amaliyotga joriy qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga kerakli integratsiya ishlarini 2021 yil 1 dekabrga qadar yakunlash vazifasi yuklatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchi telefon

Baholaganlar

745

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing