Havo hududining ochilishi dastlabki qadammi?

Olam

image

Ukraina Rossiyaning “Globus” aviakompaniyasiga o‘z hududiga kirishga ruxsat berdi, bundan oldin Rossiyadan mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlagan edi.
Bu haqda “Rt. som” xabar bermoqda. 

Ukraina hududida havo qatnovini tashkillashtirishni ta’minlaydigan “Ukraerorux” tashkiloti ta’kidlaganidek, bu zaruriy chora edi va dispetcherlar bir qator turli me’yoriy hujjatlarni, shuningdek ICAO standartlarini qo‘lladi. 

"Rossiyaning “Globus” avikompaniyasiga tegishli Boeing-738 samolyoti uchuvchisi Italiyadan Moskvaga parvozni amalga oshirdi. U momaqaldiroqning faolligini chetlab o‘tgani sababli Lvov okrugi dispetcherlik markazidan Ukraina havo hududidan foydalanishga ruxsat oldi. Biz havo qatnovi xavfsizligi va parvoz paytida favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xalqaro standartlar doirasida harakat qildik ", dedi “Ukraerorux”. 

Boeing-738 26 daqiqa davomida Ukraina havo hududida bo‘lgan.Bungacha Kiyev Rossiya samolyotlarini, shu jumladan tranzit maqsadida 2015 yilda Ukraina havo hududiga kirishni taqiqladi. 

Keyinchalik Federal havo transport agentligi barcha Ukraina samolyotlari uchun Rossiya osmonini yopdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing