Havo harorati joriy haftada ham ko‘tarilib boradi

Bu qiziq

image

Joriy hafta davomida O‘zbekistonda harorat yana asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Joriy haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo 37-40 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 41-42 darajagacha isiydi. Bu iyun oyining o‘rtasi uchun ekstremal qiymatlar emas, ammo bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir.

Respublika hududi bo‘yicha ushbu hafta davomida ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 12-13 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

12-13 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda ushbu haftada havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyunda 10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing