Hasharotlar sabab yaroqsiz holga kelgan uylar bepul almashtirib beriladi
Jamiyat
−
04 dekabr 2024
5953Endilikda O‘zbekistondagi uylar hasharotlar yoki termitlar sabab yashash uchun yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa, uni davlat tomonidan bepul tekshirtirish va yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi. Bu haqdagi hukumatning tegishli qarori joriy yilning 4 noyabr sanasida kuchga kirgan.
Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi va so‘rov yuboradi. Komissiya yetti ish kuni davomida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, uy-joyni boshqa hasharotlardan zararlangani oqibatida yaroqsiz holatga kelganini tasdiqlash yoki rad etish bo‘yicha xulosani QR-kod (shtrixli kod) qo‘ygan holda rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga yuboradi.
Bunday imkoniyatdan nafaqat uy egalari, balki unda istiqomat qiluvchilar ham foydalanishi mumkin.
Shuningdek, hasharotlar yoki boshqa omillar sabab uy haqiqatan yashash uchun yaroqsiz, deb topilsa, bu fuqarolarning davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlanishi uchun asos bo‘ladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
-
so‘rovnomada noto‘g‘ri yoki xato ma’lumotlar ko‘rsatilganda;
-
ariza beruvchi tomonidan Komissiyaga uy-joyni ko‘zdan kechirish uchun imkon berilmaganda yoki ko‘zdan kechirishga to‘sqinlik qilinganda;
-
uy-joyning termitlar va boshqa hasharotlardan zararlangan bo‘lishiga qaramay, uning texnik holati yashash imkonini berganda;
-
uy-joyda termitlar va boshqa hasharotlardan zararlanish holatlari aniqlanmaganda.
-
Davlat xizmatini boshqa asoslarga ko‘ra rad qilish taqiqlanadi.
Komissiya yetti ish kuni davomida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, o‘rganish olib boradi va uning natijasida komissiya tomonidan uy-joyning termitlar va boshqa hasharotlardan zararlanganligi natijasida yaroqsiz holatga kelganligini tasdiqlash yoki rad etish QR-kod qo‘yilgan holda rasmiylashtirilgan xulosa Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP orqali ariza beruvchiga yuboriladi.
Bunda o‘rganish natijasida uy-joyning yaroqsiz holatga kelganligi tasdiqlansa, xabarnoma qo‘shimcha ravishda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga uy-joyni yashashga mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish hamda uy-joy fondidan chiqarish masalasini ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Hokimlarning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari komissiya raislari hisoblanadi.
Farangiz Qosimova
LiveBarchasi