Hasanboy Do‘smatov jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

Ikki karra Osiyo chempioni, 29 yoshli bokschi Hasanboy Do‘smatov jahon chempioniga aylandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov ma’lum qildi.

Bugun, 13 may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining final jangida Hasanboy Do‘smatov 51 kg vaznda fransiyalik bokschi Bilal Bennamaga qarshi ringga ko‘tarildi. Hasanboy raqibini nokautga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bu g‘alaba bilan Hasanboy faoliyatida ilk bor jahon chempioni bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 200 ming AQSH dollari, kumush medal sohiblari esa 100 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining final jangida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 67 kg vaznda qozog‘istonlik bokschi Dulat Bekbauovga qarshi ringga ko‘tarildi. Asadxo‘ja 5:0 hisobida qozog‘istonlik raqibi ustidan g‘alaba qozondi. Hasanboy Do‘smatov faoliyatida ilk bor jahon chempioni bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing