Hasanboy Do‘smatov Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sport
−
05 Oktabr 2023
8638Bugun, 5 oktyabr kuni Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining boks dasturi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tmoqda. -51 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov Tailand vakili Titisan Panmotga qarshi ringga ko‘tarildi.
Hal qiluvchi bahsda Do‘smatov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yakunda musobaqa chempioniga aylandi. Shu tariqa u o‘zining Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, bugunning o‘zida yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo o‘yinlari oltin medali uchun bahslarga kirishadi. Bular:
- -57 kilogramm vazn toifasida Abdumalik Halokov - Shudan Harada (Yaponiya);
- +92 kilogramm vaznda Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston).
LiveBarchasi