Harri Keyn “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi
Sport
−
20 avgust 1057 1 daqiqa
Angliya terma jamoasi va “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keyn Yevropa chempionatlarida mavsumning eng yaxshi to‘purariga beriladigan “Oltin butsa” mukofotini qabul qilib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan mavsumda Myunxen klubining 33 yoshli hujumchisi Germaniya chempionatida 36 ta gol urdi va 36 assistni o‘z hisobiga rasmiylashtirdi.
Ikkinchi o‘rinni 27 ta gol bilan “Manchester Siti” futbolchisi Erling Xoland egalladi. Uchinchi o‘rin esa o‘tgan mavsumda 25 ta gol urgan “Real” futbolchisi Kilian Mbappega nasib etdi.
Keyn ushbu mukofotni ikki marta qo‘lga kiritgan o‘ninchi futbolchi bo‘ldi. Faqat Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu (4 marta) va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi (6 marta) “Oltin butsa”ni undan ko‘proq marta qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, “Oltin butsa” mukofoti 1968 yildan buyon topshirib kelinadi.