Harri Keyn ham Saudiya klubi nazariga tushdi 

Sport

image

Angliyaning “Tottenxem” klubi futbolchisi Harri Keyn faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi angliyalik 29 yoshli hujumchi transferi bo‘yicha vositachilar bilan muzokara olib borgan. Biroq Keynga PSJ va “Bavariya” kabi top jamoalar ham da’vogarlik qilayotganda, Saudiya klubini afzal ko‘rishi dargumon.

Aytish joizki, Harri Keyn bunga qadar Fransiya va Myunxen klublaridan ham yaxshigina taklif olgan. Hatto ayrim nashrlar uning “Bavariya”ga o‘tish ehtimoli ancha yuqoriligi haqida ham yozmoqda. Ammo hozirda futbolchining qaysi jamoa taklifini qabul qilishi haqida bosh qotirayotgani ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Keynning “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi 90 million yevroni tashkil qiladi. U 2022/2023 yilgi mavsumda APLda 38 o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Bavariya Harri Keyn Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing