“Harbiylarni moliyalashtirgan” rossiyalik xonandaning Londondagi konserti bekor qilindi
Olam
−
29 avgust 2096 1 daqiqa
Londondagi “For Your Eyes Only” klubi rossiyalik “Instasamka” nomi bilan tanilgan bloger va xonandaning joriy yil 14 noyabrga rejalashtirilgan konsertini bekor qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qaror Londondagi “Rus demokratik jamiyati” asoschisi Kseniya Maksimovaning klubga yo‘llagan shikoyatidan so‘ng qabul qilingan.
Ma’lum qilinishicha, Maksimova klubga yozgan murojaatida “Instasamka” Rossiya harbiylariga pul o‘tkazgani va Ukrainaning “Mirotvorets” bazasiga kiritilganini aytgan.
Xonandaning mazkur bazadagi profilida u “Rossiya natsizmi, fashizmi va Kremlning imperiyaparast qadriyatlarini” targ‘ib qilishi haqida yozilgan.
“Instasamka” esa avvalroq harbiylarga pul berganini rad etgan. “Exo” esa “Mirotvorets” ushbu ma’lumotga dalil sifatida ishonchsiz Telegram-kanalidagi xabarga asoslangan Ukraina ommaviy axborot vositalari publikatsiyalaridan foydalanganini qayd etgan.
Shunga qaramay, klub vaziyatni “sinchiklab ko‘rib chiqqach”, xonandaning chiqishini bekor qilishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina “Qizaloq va maymoq” multserialini yaratish va tarqatishga aloqador besh nafar rossiyalik hamda to‘rtta tashkilotga qarshi sanksiya joriy qilgandi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust