Harbiylar 515 million so‘m xayriya qildi

Jamiyat

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax, Navoiy va Samarqand garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 515 million 390 ming so‘m mablag‘ni xayriya qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi. 

Harbiylar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Mehr-shafqat va salomatlik” fondi tashkil etilgani, unga tushgan mablag‘lar maqsadli ravishda xavfli kasallikni tarqalishini oldini olish va davolash profilaktikasi uchun sarflanishidan xabar topgach, xayriya qilish uchun okrug qo‘shinlari tarkibidagi bo‘linmalar, harbiy qismlarda, nazorat o‘tish joylarida ko‘ngilli harbiylar tomonidan hayriya qutilari o‘rnatilgan. 

O‘tgan bir xafta vaqt ichida xayriya qutisiga kelib tushgan mablag‘lar, “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga o‘tkazilib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy harbiy okrug xayriya

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing