Harbiy poligondagi portlash qurbonlari soni ortdi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Arxangel viloyati Severodvin shahridagi harbiy qismda portlash va uning ortidan yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edik. Hodisada ikki kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

Rossiyaning Arxangel viloyatida harbiy poligondagi portlashda “Rosatom” davlat korporatsiyasining besh xodimi halok bo‘ldi, yana uch nafari jarohatlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Arxangel viloyatidagi harbiy poligonda sinov vaqtida yuz bergan hodisada “Rosatom”ning besh xodimi vafot etdi. Yana uch nafari hamkasbimiz turli darajada kuyish jarohatini olgan. Ayni vaqtda barcha jabrlanganlar ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya portlash

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing