Harbiy OTMlarga o‘qishga qabul qilish tartibi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Mudofaa vazirligi tizimiga kiruvchi oliy harbiy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish jarayonida kompyuter texnikasi va AKT bo‘yicha bilimi, psixofiziologik o‘rganish va umuta’lim fanlarini bilishi bo‘yicha yozma imtihon bekor qilindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi vakillari Matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020 yildan Mudofaa vazirligi tizimiga kiruvchi oliy harbiy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning yangi, soddalashtirilgan tizimi yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni, harbiy-professional tanlov tadbirlari (kompyuter texnikasi va AKT bo‘yicha bilimi, psixofiziologik o‘rganish va umuta’lim fanlarini bilishi bo‘yicha yozma imtihon) bekor qilindi. Tibbiy ko‘riklar uch marotabadan (tuman, viloyat, respublika) ikki marotabaga (tuman-birlamchi va viloyat-yakuniy) qisqartirildi.

Shuningdek, nomzodlar uchun Toshkent va Qarshi shaharlariga kelmasdan joylardan turib davlat test sinovlarida ishtirok etish imkoniyati hamda fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini ham tanlash imkoniyati berilgan.

Harbiy ilmni rivojlantirish doirasida oxirgi to‘rt yil ichida 20 nafar harbiy xizmatchiga ilmiy unvon va 54 nafar harbiy o‘qituvchiga esa “dotsent” unvoni berilgan, buning natijasida harbiy-ilmiy salohiyat 20 foizdan ortgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing