Harbiy komissariatga o‘t qo‘yishga uringan pensioner o‘lik holda topildi

Olam

image

Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk shahridagi harbiy komissarlikka o‘t qo‘yishga uringanlikda ayblanayotgan nafaqaxo‘r erkak o‘z kvartirasida o‘lik holda topildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 74 yoshli erkak o‘z joniga qasd qilgan. Aytilishicha, marhum 2 avgust kuni “Molotov kokteyli” yordamida harbiy komissarlik bo‘limiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan. Binoga yaqinlashib, u bir daqiqadan ko‘proq vaqt davomida uchqun chiqarishga uringan. Qabulxonada bo‘lgan Rossiya gvardiyasi xodimlari erkakni hibsga olgan va olovni oyog‘i bilan o‘chirgan.

Ertasi kuni pensionerga nisbatan o‘zganing mulkini o‘t qo‘yib, qasddan yo‘q qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U qaytib kelish va’dasi bilan uyiga qo‘yib yuborilgan.

Qayd etish joizki, 31 iyuldan boshlab butun Rossiya bo‘ylab harbiy komissarliklarga o‘t qo‘yishga urinishlar to‘lqini avj olgan. Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida bir hafta ichida to‘rtta shunday holat qayd etilgan. Barcha o‘t qo‘yganlar qo‘lga olinib, so‘roq qilingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Moskva viloyati Podolsk shahrida ikki nafar nafaqaxo‘r harbiy komissarlik binosiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya harbiy komissarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing