Harbiy xizmatga borganlar 14 kunga karantinga olinadi

Jamiyat

image

Fuqarolar harbiy xizmat joylariga borganlaridan keyin 14 kunlik karantinga olinadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov ma’lum qildi.

Karantin vaqtida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibi qanday bo‘lyapti? Harbiy qismlarda karantin choralari ko‘rilganmi?

"Harbiy xizmatga saralab olingan fuqarolar 6-7 iyun kunlari koronavirusga tahlil topshirishdi. Tahlil natijalariga ko‘ra, fuqarolar 9 iyun kuni muddatli harbiy xizmatga yuborildi.

Xizmatga yuborilish tartibi respublikamizning 3 ta hududi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida poyezdlar yo‘nalishi orqali amalga oshirildi.

Fuqarolar xizmat joylariga borganlaridan keyin ham 14 kunlik karantinga olinib, yuqori malakali shifokorlar nazoratida bo‘lishadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati uchun ham joriy yilning 20 iyuniga qadar fuqarolarimiz tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib jo‘natish boshlanadi. Bunda safarbarlik chaqiruvi rezerviga mart oyida chaqirish kerakligi inobatga olinib, avvalo shu muddatgacha 27 yoshni to‘ldirganlar jo‘natiladi", deydi Bahrom Zulfiqorov.

Avvalroq, oliy harbiy ta’lim muassasalarida imtihondan o‘tish tartibi ma’lum qilingan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Harbiy xizmat

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar