Harbiy xizmatga boradiganlar narkotik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar giyohvandlik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi kecha, 14 sentyabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatda belgilandi.

Qayd etilishicha, tibbiy tekshiruv giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida o‘tkaziladi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy ko‘rikdan o‘tishlaridan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Tibbiy tekshiruv 2 bosqichda amalga oshiriladi, daslab peshob namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peshob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Tibbiy tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan yoki zarur namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.

Tibbiy tekshiruv davomida olingan shaxsga oid ma’lumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026/2027 o‘quv yilidan Jamoat xavfsizligi universitetida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasi uchun kadrlar tayyorlash ko‘lami kengaytirilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing