Harbiy qismdan ko‘p miqdorda qurol o‘g‘irlagan askar ushlandi

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Chimkent shahri yaqinidagi harbiy qismdan qurollangan askar qochib ketgani haqida xabar bergan edik. U o‘zi bilan 30 ta AK-74 avtomatini olib ketgandi.

Bugun, 24 fevral kuni harbiy qismdan o‘chboshimchalik bilan ketib qolgan askar va uning sheriklari ushlangani ma’lum qilindi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.

“20 fevral kuni kechasi shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiy kichik serjant Abilay Balginbay o‘z xohishicha, navbatchilikni tashlab, Turkiston viloyatidagi harbiy qismdan qurollarni olib ketgandi. Yuqorida aytilgan harbiy va uning ikki sherigi ushlandi”, deyiladi xabarda.

Tintuv vaqtida o‘g‘irlangan qurollar topilgan. Sud sanksiyasi bilan ular hibsga olingan.

Askar o‘zi bilan 30 ta avtomatdan tashqari, 27 dona 9 mm Makarov to‘pponchasi, AK o‘qlari (420 dona), Makarov pistoleti o‘qlari (48 dona), travmatik to‘pponcha (bir dona, 24 dona o‘q) o‘g‘irlangan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston harbiy qism

Baholaganlar

419

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing