Harbiy qismda yirik portlash. Qurbonlar bor
Olam
−
08 avgust 2019 8760 1 daqiqa
Bugun, 8 avgust kuni Rossiyaning Arxangelsk viloyati Severodvin shahridagi harbiy qismda portlash va uning ortidan yong‘in yuz berdi. Yong‘in o‘chog‘i kemada bo‘lgan. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Favqulodda vaziyat natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Voqea kemada boshlandi. Hozir u yerda yong‘in bo‘lyapti”, deyiladi xabarda.
Arxangelsk viloyati gubernatori Igor Orlov yong‘in haqidagi xabarlarni tasdiqlab, hodisada jabrlanganlar borligini ma’lum qilgan.
“Jabrlanganlar bor, voqea joyiga sanitar aviatsiya yuborildi”, degan Orlov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inda 4 kishi jabrlangan. Yong‘in reaktiv dvigateldan chiqqani taxmin qilinyapti.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025