Harbiy qismda otishma sodir bo‘ldi. Qurbon bor
Olam
−
12:45 16171 1 daqiqa
Qozog‘istonning Pavlodar shahridagi Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qismda sodir bo‘lgan otishma oqibatida harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana biri yaralandi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi o‘ziga biriktirilgan quroldan o‘q uzgan. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘lgan, yana bir shartnoma asosidagi harbiy esa jarohat olgan.
Ayni paytda hodisaning aniq sabablari to‘liq aniqlanmagan bo‘lib, voqea yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jabrlangan harbiyga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Irkeshtam chegara postida 22 yoshli harbiy xizmatchi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgandi.
Live
Barchasi