Harakatdagi Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 4 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea soat 19:55 atrofida viloyatning Chiroqchi tumanida joylashgan “Annaro‘z” jome masjidi binosining ro‘parasida sodir bo‘lgan.

1992 yilda tug‘ilgan haydovchi S.X. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan. Bu vaqtda mashina harakatda bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi va unga o‘rnatilgan gaz ballonlarning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining portlash holatlari avval ham qayd etilgan. Joriy yilning sentyabr oyi oxirida Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan Lacetti avtomobilining gaz balloni portlab ketgan bo‘lsa, oktyabr oyi boshida Surxondaryoda Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon siqilgan gaz to‘ldirish shaxobchasida portlab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing