Har joyda Nazarboyevlar. Elboshi oilasi a’zolari Shveysariyada katta pul saqlagani fosh bo‘ldi
Olam
−
21 fevral 2022
9294Avvalroq, Shveysariyaning eng yirik Credit Suisse bankining mijozi bo‘lgan o‘nlab tadbirkor va amaldorlarning ma’lumotlari oshkor qilingani haqida xabar bergan edik. Ma’lum bo‘lishicha, bank mijozlari orasida Qozog‘iston Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning katta qizi Darig‘a Nazarboyeva hamda o‘rtancha kuyovi Timur Kuliboyev ham bor.
Qayd etilishicha, Darig‘a Nazarboyeva 2008-2021 yillarda Credit Suisse’da oltita hisob raqamiga ega bo‘lgan bo‘lib, ularning umumiy maksimal balansi 46 million dollarni tashkil etgan.
Nazarboyevning o‘rtancha qizi Dinaraning turmush o‘rtog‘i Timur Kuliboyev esa Qozog‘istondagi eng badavlat tadbirkorlardan biri bo‘lib, Credit Suisse bankida 2006-2013 yillarda maksimal balansi ikki milliard dollardan ortiq bo‘lgan to‘qqizta hisob raqamiga ega bo‘lgan.
Shuningdek, Germaniyaning "Deutsche Welle" (DW) media kompaniyasining ma’lum qilishicha, Nursulton Nazarboyevning qizi Dinara Kuliboyeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Kuliboyev Germaniyadagi to‘rtta hashamatli mulk egasi bo‘lib chiqqan. Ob’ektlarni sotib olish va rekonstruksiya qilish 100 million dollardan ortiqqa baholangan.
Eslatib o‘tamiz, bank mijozlari orasidan amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning sobiq rafiqasi Nadejda To‘qayeva hamda uning Jenevadagi elita maktab-internatda tahsil olgan o‘g‘li Timur To‘qayev nomi ham chiqqan.LiveBarchasi