Har yanvarda shu bo‘lar takror: Turdimovning Germaniyada davolanayotgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning betobligi va Germaniyada davolanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 

“Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov davolanish uchun Germaniyaga ketganini xabar qilishdi. Balki Erkinjon Turdimov insult okibatlarini bartaraf etish uchun xorijga ketgan bo‘lishi ham mumkin”, deyiladi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan xabarda. 

QALAMPIR.UZ xabarni aniqlashtirish maqsadida Samarqand viloyati hokimligi Matbuot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayev bilan bog‘landi. 

“Barcha hokimlar singari Erkinjon Turdimov ham mehnat ta’tiliga chiqqan. Ayni vaqtda o‘zim ham mehnat ta’tilida, Toshkentdaman. Hokimning qayerdaligi haqida ma’lumotga ega emasman. Shuningdek, uning betobligi haqida ham ma’lumotga ega emasman. Agar bu gaplar rost bo‘lganda, men xabardor bo‘lardim”, deydi Mirzayev QALAMPIR.UZ muxbiri bilan suhbatda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning ham aynan yanvar oyida Erkinjon Turdimovning sog‘ligi yomonlashgani, uning mikroinsultni boshdan kechirgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. O‘shanda ham QALAMPIR.UZ hokimlik Matbuot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayev bilan bog‘langandi va o‘shanda ham Mirzayev mehnat ta’tilidaligi, hokimning qayerdaligidan bexabarligini aytgandi. 

“Hozir men ishdan ta’til olganman. Lekin 9 yanvar, shanba kuni ham viloyat hokimining ahvoli yaxshi edi. Hatto, yakshanba kuni ham Bulung‘urda yurgan edi. Undan keyin, Erkinjon Turdimov bir nechta rejadagi ishlar bilan Toshkentga borishi kerak edi. Hozir esa, telefonni ko‘tarmayapti, bog‘lana olmayapman. Lekin bu – havodagi gap. Bu bo‘yicha hech qanday rasmiy xabar yo‘q”, degan edi Mirzayev. 


Maqola muallifi

Teglar

Erkinjon Turdimov

Baholaganlar

1555

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing