Har uchtasidan biri korrupsioner - Prezident ta’lim, sog‘liqni saqlash va qurilish sohasi haqida

Jamiyat

image

“Ijtimoiy sohada korrupsiyani Bosh prokurordan eshitdinglar. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qurilish sohasida har uchtasidan biri korrupsioner. Bizda korrupsiyani yo‘qotishga imkoniyat bor. Qattiq non yeb yursak ham, mashinalar minmasak, shaxsiy namuna bo‘lsak, natijaga erishamiz.

Iqtisodiyot drayveri bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha strategiyani belgiladik. Paxta va g‘allada davlat xaridi degan tushunchadan voz kechamiz. Hamma narsani davlatda ushlab tursak, hech balo bo‘lmaydi”, deydi davlat rahbari.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiya masalasida tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tdi. U, shuningdek, mamlakatda inflyatsiya darajasini kamaytirish haqida ham gapirdi.

“Amaldagi ko‘plab qonunlar korrupsiya to‘dasi manfaatlarida qabul qilingandi. Bu yildagi eng katta masala inflyatsiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish hisoblanadi. Avvalgi yillardagi inflyatsiyada yolg‘on raqamlar ko‘rsatilgandi.

Yoqilg‘i-energetika narxlari ham sotsializm davridan qolib ketgandi. Bunday holatda davlatga investor kelmaydi. Agar narxlarni birdaniga ko‘taradigan bo‘lsak, uni joylardagi odamlarning daromadi ko‘tarmaydi. Avval daromadni ko‘paytirib, keyin narxlarni oshirish kerak. Qiyin bo‘lsa ham insonlarga tushuntirib, bu sohada ham ilk qadamlarni tashladik”, deydi Prezident.

Yig‘ilishda Prezident klaster masalasiga to‘xtalib, bu orqali fermer ranjitilmasligi, u manfaatdor bo‘lsagina, ishda unum bo‘lishi va o‘z o‘rnida ular ham yer parvarishida resurslardan oqilona foydalanish zarurligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing