Har bir hududda Madaniyat markazlari tashkil etiladi
Jamiyat
−
02 aprel 2019
5797Madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlash maqsadida, tuman va shaharlarda bittadan markaziy madaniyat markazlari faoliyat boshlaydi. Shuningdek, qishloq va shaharlarda ham aholi soni 7 mingdan ortiq bo‘lganda madaniyat markazlari tashkil etiladi.
Bu borada, Vazirlar mahkamasi qarori bilan Madaniyat markazlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
Nizomga muvofiq, markazlar madaniyat boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan boshqariladi.
Markazlarda 33 yo‘nalishda to‘garaklar, 9 ta studiya, 6 ta kurs, 8 ta qiziquvchilar klublari, 7 ta badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi.
Markazlar faoliyati samaradorligi baholanib boriladi hamda aniq baholash tizimini joriy etish maqsadida onlayn elektron ta’minot bazasi ishlab chiqiladi. Mazkur tizim 2020 yil 1 yanvardan tatbiq etiladi.
LiveBarchasi