Hantavirus yangi pandemiyaning boshlanishimi?
Olam
−
12 may 5442 1 daqiqa
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bir kemada aniqlangan hantavirus yangi pandemiyaning boshlanishi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida bayonot e’lon qilindi.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, mavjud tahlillar birinchi kasallangan shaxs virusni kema sayohatidan oldin, Argentina va Chili hududlarida bo‘lgan vaqtida yuqtirganini ko‘rsatmoqda. Hozirda uning aniq harakat yo‘nalishi va yuqtirish omillari o‘rganilmoqda.
Tashkilotga ko‘ra, hantavirus odatda odamdan odamga oson yuqmaydi, asosiy yuqish yo‘li kemiruvchilar hisoblanadi. Biroq kemada cheklangan darajada insondan insonga yuqish ehtimoli ham tekshirilmoqda.
JSSTga ko‘ra, kontaktlarni kuzatish ishlari davom etmoqda va yangi holatlar aniqlanishi mumkin, ammo bu vaziyat COVID-19 kabi pandemiya darajasidagi xavf emas.
Tashkilot shuningdek, yo‘lovchilar va kontaktlar 42 kun davomida alomatlarni kuzatib borishi kerakligini, jumladan, isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi kabi belgilar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozimligini bildirdi.
Hantavirus asosan kemiruvchilardan yuqadigan virus bo‘lib, og‘ir holatlarda nafas yetishmovchiligi yoki buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hantavirus bilan kasallanish holatlari ortishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Live
Barchasi