Hamshiralik o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turiga aylanadi
Jamiyat
−
05 may 2021
10304O‘zbekiston Prezidenti “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi.
Farmonga ko‘ra, hamshiralik ishi faoliyatini amalga oshiruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun o‘rnatilgan tartib bilan bir qatorda quyidagi talablar qo‘yildi:
• hamshiralik ishi faoliyatini faqat o‘rta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimida 2022 yil 1 yanvardan boshlab ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar amalga oshirishi;
• hamshiralik ishi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxs belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borishi kabi talablar belgilangan.
LiveBarchasi