Hammasini 100 foizga bajardik – Lukashenko Putinga hisob berdi
Olam
−
18 fevral 2023
10944Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Belarus tomoni Rossiya bilan xavfsizlik va mudofaa sohasida 2022 yilga mo‘ljallangan kelishuvlarni to‘liq bajarganini ma’lum qildi. Bu haqda kecha, 17 fevral kuni Rossiya Federatsiyasii Prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida so‘z ochgan. Uchrashuvning asosiy qismi yopiq eshiklar ortida o‘tgan.
“Biz yaqinda, taxminan uch oy oldin mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha kelishib olgan hamma narsani Belarus tomoni o‘tgan yili 100 foizga bajardi. 100% va undan ham ko‘proq bajarildi. Bu borada qanday ishlar qilinayotganini keyinroq aytib beraman”, deydi Lukashenko.
Lukashenko Rossiya bilan ittifoqchilik dasturlari deyarli 80 foizga amalga oshirilganini aytdi.
“Biz belgilab bergan 28 ta [ittifoq integratsiyasi] dasturlari allaqachon 80 foizga amalga oshirildi”, deydi u.
Uning ta’kidlashicha, Belarusda qo‘shma soliq qo‘mitasining ishlashi uchun allaqachon binolar ajratilgan.
Shu bilan birga, Lukashenko Putinning “asosiy masalalar hal bo‘ldi” degan fikriga qo‘shildi.
Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, avvalroq, masalan, Maz va Kamaz o‘rtasida qandaydir raqobat bo‘lgan.
“Endi esa raqobat yo‘q. Biz "Kamaz" uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaramiz, "Kamaz" esa biz uchun ishlab chiqaradi. Ayrim kompaniyalar ketgandan keyin shunday ishlaydi, bozor ham yetarli. Kichik muammolar bor, lekin bu hamkorlik”, deydi Belarus hukmdori.
Unga ko‘ra, 2023 yil oxirigacha Rossiya va Belarusda tovar va xizmatlarning misli ko‘rilmagan aylanmasi – 50 milliard dollar bo‘ladi.
LiveBarchasi