Hammaniki o‘ziga... Putin “omicron”ga qarshi rus vaksinasi samarali ekanini aytdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda ishlab chiqarilayotgan “Sputnik V” vaksinasini koronavirusning yangi “omicron” shtammiga qarshi kurashda samaraliroq ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 17 dekabr kuni Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi kongressi yig‘ilishida aytib o‘tgan.

“Bizning “Sputnik V” yaxshi ishlamoqda. Va, ehtimol, u dunyoda qo‘llaniladigan boshqa vaksinalarga qaraganda “omicron”ga qarshi kurashda samaraliroqdir”, degan Vladimir Putin.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda ekspertlar “omicron”ga qarshi Rossiya vaksinasini qo‘llash bo‘yicha xulosa beradi.

Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari Tatyana Golikovaning Prezidentga ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan barcha dorilarning “omicron”ga qarshi samaradorligi sinovdan o‘tkazilyapti.

Ma’lumot uchun, ayni paytda, Sankt-Peterburgda allaqachon “omicron” bilan kasallangan ikki kishi aniqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan B.1.1.529 koronavirus shtammini yunoncha “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda ko‘p mutatsiyalarga ega, ularning ba’zilari JSSTni tashvishga solmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida allaqachon topilgan “omicron” shtammi boshqalarga qaraganda tezroq tarqalish imkoniyatiga ega.

Pfizer va BioNTech kompaniyalari koronavirusning yangi “omicron” shtammi vaksina antikorlarini koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganda samaraliroq chetlab o‘tishini tasdiqladi.

Xitoyning Anhui Zhifei Longsom Biopharmaseutisalkompaniyasi o‘zining ZF-UZ-VAC2001 preparatini koronavirusning “omicron” variantiga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.

Shuningdek, yapon olimlar “omicron” vaksinaga qarshi ko‘proq yuqumli bo‘lib, u ham tabiiy, ham emlash orqali hosil bo‘lgan immunitetni yenga olishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Gonkong universiteti olimlari koronavirusining “omicron” shtammini yengish uchun yangi avlod vaksinalarini ishlab chiqarish zarurligini ta’kidlagan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing