Hamid Sahari Qatar-O‘zbekiston o‘yini haqida karikatura ishladi (foto)

Sport

image

Taniqli karikaturachi-rassom Hamid Sahari Jahon chempionati saralashi doirasidagi Qatar-O‘zbekiston o‘yini yakunlangach, uchrashuv haqida o‘z ijodiy ishini e’lon qildi.

Sahari karikaturasida g‘azabdagi o‘zbek futbolchilari Qatar bilan o‘yinni boshqarib borgan koreyalik hakam Kim Jongheokga yuzlanayotgani, hakamning libosi ichidan esa Qatar terma jamoasi yetakchisi Akrom Afif kulib qarayotgani tasvirlangan.

“O‘zbekistonliklar Qatarga qarshi o‘yin hakamidan nihoyatda g‘azabda”, deb yozgan Sahari karikaturasi ostida.

Ma’lumot uchun, Qatar-O‘zbekiston o‘yiniga 6 daqiqa qo‘shib berilgan bo‘lsa ham, hakam uchrashuvni olti emas 12 daqiqa o‘tgach yakunladi va 90+12 daqiqada qatarliklar O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritdi. Jahon chempionati saralashining 5-turidan keyin O‘zbekiston “A” guruhida 10 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 1-o‘rinni band etgan Eron hisobida 13 ochko mavjud bo‘lsa, “oq bo‘rilar”ni mag‘lub etgan Qatar hisobida 7 ochko bor.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qatar Hamid Sahari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing