HAMAS Tramp ultimatumini rad etdi
Olam
−
12 fevral
4722HAMAS harakati AQSH Prezidenti Donald Trampning barcha isroillik garovga olinganlarni 15 fevral kuni tushgacha ozod qilish talabini rad etdi. Bu haqda HAMAS matbuot kotibi Sami Abu Zuhriy kecha, 11 fevral kuni ma’lum qildi.
Uning aytishicha, yanvar oyida Isroil bilan erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi garovga olinganlarning ozod etilishini kafolatlashning yagona yo‘li.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tahdidlar tili o‘rinsiz va vaziyatni yanada murakkablashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, HAMAS 15 fevralga rejalashtirilgan garovga olinganlarni Isroilga topshirishni keyinga qoldirish niyatini e’lon qilganidan so‘ng, Tramp ultimatum qo‘ydi: unga ko‘ra, agar shanba kuni soat 12:00 ga qadar barcha garovga olinganlar qaytarilmasa, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bekor qilinishi kerak.
LiveBarchasi