HAMAS qurollarini tashlaydi, agar...

Olam

image

HAMAS Falastin mustaqil davlatga aylantirilsa va Isroil bilan 5 yil yoki undan ko‘proq muddatga tinchlik sulhiga erishsa qurollarini tashlaydi. Bu haqda harakat rasmiysi Halil al-Hayya kecha, 24 aprel kuni “Associated Press”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin davlatiga 1967 yilgacha ega bo‘lgan chegaralari qaytarilishi kerak. HAMAS Isroilning 1967 yilgacha bo‘lgan chegaralari bo‘ylab “G‘arbiy Sohilda va G‘azo sektorida to‘liq suveren Falastin davlatini va xalqaro rezolyutsiyalarga muvofiq falastinlik qochqinlarni qaytarishini” talab qiladi.

Ammo Isroil bunday kelishuvni ko‘rib chiqishi dargumon. Negaki uning amaldagi rahbariyati 7 oktyabrdagi voqealardan so‘ng, HAMASni tor-mor etishga va’da bergan. Shuningdek, Isroil davlati rahbariyati 1967 yilgi Yaqin Sharq urushida qo‘lga kiritgan yerlarini Falastin davlatiga qaytarib berishga mutlaqo qarshi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing