HAMAS Isroil bilan muzokaralarni muzlatib qo‘ydi

Olam

image
Misr va Qatar G‘azoda 20 kunlik sulhni taklif qilmoqda north_east

Misr va Qatar G‘azoda 20 kunlik sulhni taklif qilmoqda

HAMAS harakati Bayrut chekkasida guruh rahbariyati a’zosi Solih al-Aruriyning o‘ldirilishi ortidan G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha Isroil bilan muzokaralar to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali xabar berdi.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya qotillikni “terrorchilik harakati” deb ta’riflab, uni Livan suverenitetini buzish va Isroilning falastinliklarga nisbatan dushmanligini kuchaytirish deb atagan.

Falastin harakati Isroilning dron hujumi oqibatida al-Aruriy halok bo‘lganini rasman tasdiqlagan. Al-Aruriy bilan birga HAMASning harbiy qanoti “Izzaddin al-Qassam” brigadasining ikki qo‘mondoni o‘ldirilgan.

Ma’lumot uchun, Al-Aruriy HAMASning harbiy qanoti asoschilaridan biri deb ataladi. 2017 yilda Al-Aruriy XAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari etib saylangan va yaqin vaqtgacha harakatda “ikkinchi raqamli shaxs” hisoblangan. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 7 oktyabr kuni HAMAS va Isroil o‘rtasidagi mojaro avj olishidan oldin ham uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 yanvar kuni Livanning Bayrut shahri janubida sodir bo‘lgan portlash oqibatida HAMAS Siyosiy byurosi rahbarining o‘rinbosari Solih al-Aruriy halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bayrut HAMAS Solih al-Aruriy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing