HAMAS Isroil bilan kelishuvga yaqin ekanini aytdi
Olam
−
21 noyabr 2023
6346HAMAS yetakchilaridan biri, guruhning Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Isroil bilan sulh bitimi tuzishga yaqin ekanini aytdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
"Harakat o‘z javobini Qatardagi birodarlar va vositachilariga taqdim etdi va biz sulh bitimiga yaqinlashyapmiz", deydi Xoniya.
Biroq u kelishuv tafsilotlariga aniqlik kiritmagan.
AFP agentligining muzokaralardan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, kelishuv quruqlikdagi o‘t ochishni to‘xtatish va Isroilning G‘azo sektori janubidagi havo operatsiyalarini cheklashdan iborat besh kunlik sulhni o‘z ichiga olishi mumkin.
Buning evaziga HAMAS tomonidan asirga olingan 50 dan 100 nafargacha odam ozod qilinadi. Ular orasida harbiy xizmatchilar emas, isroilliklar, shuningdek, boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan mahbuslar ham bo‘ladi. Kelishuvga ko‘ra, Isroil qamoqxonalaridan 300 ga yaqin falastinlik qo‘yib yuboriladi.
BBC’ning Quddusdagi muxbiri Tom Beytmanning qayd etishicha, kelishuvga ko‘ra, garovga olinganlar guruhlari bosqichma-bosqich ozod etilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Qatar muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etmoqda. HAMAS siyosiy qanotining ofisi shu mamlakatda joylashgan, bundan tashqari Ismoil Xoniya ham Dohada yashaydi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr