HAMAS Isroil asirlarini o‘ldirish bilan tahdid qildi

Olam

image

HAMAS harakati agar Isroil G‘azo sektorida janglarni davom ettirsa, ba’zi garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda guruh harbiy qanoti vakili Abu Ubayda joriy yilning 6 mart kuni Isroil armiyasiga yo‘llagan videomurojaatida so‘z ochgan.

“Bizda garovga olinganlarning shu kungacha tirik ekani haqida hujjatli dalillar bor. Ertaga yoki kelajakda bu o‘zgarishi mumkin. Bu yana urush bo‘lishini anglatadi, ular omon qolmaydi. Har qanday keskinlashuv garovdagilarning o‘limiga olib keladi”, degan guruh a’zosi.

Shuningdek, guruh vakili Isroil “yangi hujum uchun Amerika homiyligini ta’minlashga intilib, kelishuvni amalga oshirishdan qochishga harakat qilayotganini” aytgan. 

Isroilning 9-kanali HAMAS garovga olinganlarning qarindoshlari va muxolifatdagi isroilliklarga nisbatan bosim taktikasini birinchi marta qo‘llamayotganini ta’kidlagan. 

Ma’lumot uchun, garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvning ilk bosqichi 27 fevral kuni o‘z nihoyasiga yetgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil garovga olinganlar bo‘yicha kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tishdan bosh tortgandi. Falastin tomoni muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragani va vositachilar Isroilni ikkinchi bosqichga o‘tishga ko‘ndira olmaganini ma’lum qilgan. Isroil to‘liq kelishuv paketi doirasidan tashqari hech qanday mahbusni topshirmasligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS kelishuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing