HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmoqda
Olam
−
13 iyun
2598Garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha bitim tuzish uchun HAMAS to‘liq va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Times of Israel” gazetasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS Isroil rasmiylaridan o‘t ochishni to‘xtatish kafolatini berishni talab qilgan. Isroil esa taklif qilingan kelishuvning birinchi bosqichida atigi olti haftalik sulh taklif qilmoqda. Bu vaqt ichida Isroil va HAMAS doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich shartlarini kelishib olishi kerak.
Isroil taklifi muzokaralarni davom ettirish uchun olti haftalik sulhni uzaytirish imkonini bersa-da, HAMAS vaqtinchalik cheklov Isroilga jangovar harakatlarni davom ettirish va kelishuvni buzish uchun bahona topish imkonini beradi, degan xavotirda.
31 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azoda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha uch bosqichdan iborat yangi kelishuv loyihasi shartlarini e’lon qildi. Birinchi bosqich olti haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini aholi punktlaridan olib chiqib ketish, Isroil qamoqxonalaridagi yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod etishni nazarda tutadi. Shuningdek, bu davrda tomonlar muzokaralarni boshlashlari kerak va o‘zaro kelishuvga erishilgunga qadar sulh amalda qoladi. Ikkinchi bosqich barcha garovga olinganlarni, jumladan, harbiy xizmatchilarni ham ozod qilishni nazarda tutadi. Uchinchi bosqich – G‘azo sektorini tiklash va halok bo‘lganlarning jasadlarini yaqinlariga topshirishni o‘z ichiga oladi.
11 iyun kuni HAMAS ushbu tashabbusga javobini Qatar va Misr vositachilariga topshirilganini e’lon qildi va anklavdagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun ijobiy chora ko‘rishga tayyor ekanini bildirdi. Qo‘shma Shtatlar, Misr va Qatar javob olinganini tasdiqladi va G‘azodagi mojaro tomonlari o‘rtasida kelishuv tuzilmaguncha vositachilik harakatlarini davom ettirishga va’da berdi.
LiveBarchasi