HAMAS asoschisining nabirasi o‘ldirildi

Olam

image

HAMAS yetakchisi Shayx Ahmad Yasinning nabirasi Ali Salim Abu Aja kecha, 7 yanvar kuni G‘azo sektoridagi havo hujumida halok bo‘ldi. Bu haqda "Egypt today" nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, kecha Rafahda Isroil uchuvchisiz dronlarining hujumi oqibatida “Al Jazeera” telekanalining G‘azo bo‘limi boshlig‘i Vail al-Dahduhning o‘g‘li halok bo‘ldi.

“Hamza al-Dahduh va uning ikki jurnalist bilan birga ketayotgan mashinasi Isroil tomonidan portlatilgan”, deya xabar berdi telekanal. 

Ali Salim Abu Aja bilan birga halok bo‘lgan jurnalistлар Hamza al-Dahduh va Mustafo Turaya.
Raketa urilgan mashinada HAMAS asoschisi va ruhiy yetakchisi Shayx Ahmad Yasinning nabirasi Ali Salim Abu Aja ham bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Aniqlik kiritilishicha, Abu Aja Falastin matbuotida ishlagan va u yerdagi voqelikni yoritib borgan. Mashinada bo‘lgan yana bir jurnalist Mustafo Turaya esa "France-Press" agentligida operator bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Ahmad Yasin HAMAS harakati asoschilaridan biri bo‘lib, u 1937 yil 1 yanvarda Al-Jura shahrida tug‘ilgan. 2004 yilning 22 mart kuni G‘azo sektorida 67 yoshida isroillik askarlar tomonidan o‘ldirilgan.
 HAMAS asoschisi Shayx Ahmad Yasin va Falastin миллий маъмuриятининг 1-президенти Ёсир Арафот.

Eslatib o‘tamiz, G‘azodagi janglarda Isroil Vazirlar Mahkamasi vaziri va sobiq harbiy rahbar Gadi Ayzenkotning o‘g‘li Gal Meir Ayzenkot halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo HAMAS Shayx Ahmad Yasin Ali Salim Abu Aja

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing