HAMAS arab davlatlaridan qurol va mablag‘ so‘radi
Olam
−
27 Oktabr 2023 13818 1 daqiqa
HAMAS harakatining siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniya arab va islom davlatlarini qurol va mablag‘ bilan ta’minlash orqali harakatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda u o‘z videomurojaatida so‘z ochdi.
“G‘azoda qarshilik davom etmoqda. Men arab va islom xalqlarini bu qarshilikni pul va qurollar bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, deydi Xoniya videomurojaatida.
HAMAS yetakchisining ta’kidlashicha, Falastin hududida faoliyat yuritayotgan barcha qarshilik harakatlari, jumladan, HAMAS ham milliy ozodlik harakatlaridir, ularning maqsadi o‘z xalqi va zaminini ozod qilishdir.
"Terrorchilar – bu bosqinchilar, ularni qo‘llab-quvvatlovchilar va genotsid qarshisida sukut saqlaydiganlar", deydi u.
Ismoil Xoniyaning aytishicha, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi tajovuzini davom ettirish butun mintaqani nazoratdan chiqarib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ismoil Xoniya G‘azo sektorida qurbonlar soni ortib borayotgani fonida arab dunyosini qat’iy pozitsiyada turishga chaqirgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr