HAMAS hafta oxirigacha garovdagilarni ozod qiladi

Olam

image

HAMAS va boshqa Falastin guruhlari tomonidan 33 nafar garovga olinganlar joriy yilning 19 yanvar kuniga qadar Isroil va HAMAS kelishuvining birinchi bosqichida ozod etiladi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu amaliyot doirasida kibbutzim va “Nova” musiqa festivalidan o‘g‘irlab ketilgan besh nafar ayol, ikki bola, SAXALda xizmat qilgan besh nafar shaxs, 50 yoshdan oshgan 10 nafar erkak va 50 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar erkak qaytariladi.  Ozod qilinganlar orasida Kibuts Nir-Oz shahriga hujum paytida oilasi bilan birga Falastin guruhlari  tomonidan asirga olingan Rossiya va Isroil fuqarosi Aleksandr Trufanov ham bo‘lishi mumkin. Uning otasi o‘ldirilgan. Trufanovning onasi va buvisi 2023 yilning noyabrida ozodlikka chiqarilgan.

Ma’lumot uchun, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi uch bosqichdan iborat. Ulardan birinchisi olti hafta davom etishi kutilmoqda. HAMAS 33 nafar isroillik garovga olinganlarni, jumladan, barcha ayollar, bolalar va 50 yoshdan oshgan erkaklarni ozod qiladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda 98 nafar mahbus saqlanmoqda. Buning evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklar ozod qilinishi kerak. (garovdagi bir isroillik uchun 30 nafar, bir yaxudiy askari uchun 50 nafar falastinlik)

Eslatib o‘tamiz, Isroil, Falastinning HAMAS harakati, AQSH va Qatar vakillari 16 yanvar kuni kechqurun Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi.  Kelishuv bo‘yicha AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Vitkoff, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha koordinatori Brett Makgurk hamda Qatar va Misr vositachilari muzokaralar olib borishgan. AQSH tomonidagi kelishuv Brett Makgurk tomonidan imzolangan. “The Washington Post” nashrining yozishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘ng qanot koalitsiyasidagi hamkorlariga HAMAS bilan sulhning birinchi bosqichidan so‘ng G‘azo sektorida harbiy operatsiyani qayta boshlashga va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil HAMAS TsAXAL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing