Halima Yoqub Toshkentdagi arzon restoranga bordi. Eri doira chaldi (video)
Jamiyat
−
26 may 2023
46262Ayni kunlarda davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Singapur Prezidenti Halima Yoqub eri Muhammad Abdulloh Alhabshi bilan Toshkentdagi unchalik qimmat bo‘lmagan oddiy restoranlardan birida ovqatlangan.
Kechki ovqatdan so‘ng esa Abdulloh Alhabshi restoranning sozandalariga doira bilan jo‘r bo‘lib, o‘zbek milliy kuylaridan birini chalgan.
Instagram’ga joylangan suratlar va videolardan ko‘rinishicha, ular kechki ovqatni O‘zbekiston tomoni vakillarisiz, yolg‘iz qilishgan, sozandalar bilan birga rasmga tushishgan va Halima Yoqub xonim restoranning faxriy mehmonlar kitobiga qayd qoldirgan.
“Ajoyib muhit, musiqa va taomlaringiz uchun rahmat. Biz tushlikdan butkul rohatlandik”, deya yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Halima Yoqub va uning eri Muhammad Abdulloh Alhabshi O‘zbekistonga oddiy yo‘lovchi samolyotda kelgani, shuningdek, Samarqandga “Afrosiyob” poyezdida borgani bilan o‘zbekistonliklarni hayron qoldirgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Singapur Prezidenti turmush o‘rtog‘i bilan tushlik qilgan restoranda bir kishilik bayram oshining narxi 59 ming so‘m, shilpildoq narxi 68 ming, kotlet narxi esa 14 ming, mantining donasi 7 ming so‘mni tashkil qiladi.
Taqqoslash uchun, 2022 yilning 24−26 mart kunlari o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida o‘zbekistonlik amaldorlar bir porsiyasi 100 ming bo‘lgan osh, donasi 50 ming so‘mlik manti, bir donasi 70 ming so‘m bo‘lgan somsa yeyishgan edi.
LiveBarchasi