Halima Yoqub Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

Jamiyat

image

Singapur Prezidenti Halima Yoqub Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish bilan boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Singapur rahbari Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilgan hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va bu yerdagi muzey faoliyati bilan tanishgan.

Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro markazda O‘zbekistondan yetishib chiqqan buyuk allomalar, muhaddislar merosi tadqiq etilayotgani, qisqa vaqt ichida o‘nlab tarixiy kitoblar nashr etilgani haqida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, Singapur Prezidenti Hadis maktabida ham bo‘lib, bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar hamda tinglovchilar bilan suhbatlashgan. Maktabda hadis ilmini o‘rganayotgan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarga yuqori baho berilgan.

Bundan tashqari, Halima Yoqub Samarqanddagi Amir Temur maqbarasini ham ziyorat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 may kuni Singapur Prezidenti Halima Yoqub ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Uni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova va boshqa rasmiylar aeroportda kutib olgan edi. 24 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbari Halima Yoqubni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qilgan. O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida iqtisodiyot, sanoat, turizm, madaniyat va boshqa sohalar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik hujjatlari imzolandi. Davlatlar o‘rtasidagi sammiti yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, u bugun, 25 may kuni Singapur Prezidenti Halima Yoqub Samarqand shahriga “Afrosiyob” poyezdida bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Imom Buxoriy Halima Yoqub

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing