Hali kasallik cho‘qqisiga chiqmadi, tayyor turishimiz kerak – JSST

Olam

image
JSST ekspertlari koronavirus borasida yanglishdi – Tramp north_east

JSST ekspertlari koronavirus borasida yanglishdi – Tramp

Dunyoda yangi turdagi koronavirus infeksiyasi hali cho‘qqiga chiqmagan. Ushbu fikrni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bildirib o‘rishdi.

"Hali ushbu kasallik cho‘qqisiga chiqmadi. Biz turli favqulodda holatlarga tayyor turishimiz kerak. Karantin choralarini yumshatishga hali erta", deyiladi JSST xabarida

Ta’kidlanishicha, Koronavirus bilan kasallanish holatining 90 foiz AQSH va Yevropa hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq, Yevropaning bir qator mamlakatlarida koronavirus infeksiyasining tarqalishi sekinlashayotgani kuzatilyapti.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarni tezda olib tashlash xavfi to‘g‘risida ogohlantirgan edi. Uning fikricha, cheklovlarni shoshilinch ravishda olib tashlash epidemiyaning kuchayishiga va iqtisodiyot uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 1 940 783 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 459 986 nafari sog‘aygan, 120 925 nafari vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 359 872 kishini tashkil qilmoqda.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing