Hakam Bonuchchiga nisbatan juda qo‘pol munosabatda bo‘ldi – Keza

Sport

image

Italiya terma jamoasi hujumchisi Federiko Keza Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan UEFA Millatlar ligasi yarim final o‘yinidagi (1:2) mag‘lubiyatga izoh berdi. 

“Biz mag‘lubiyatsiz ajoyib seriya qayd etayotgandik, jahon rekordini o‘rnatdik. Mag‘lubiyat ertami-kechmi sodir bo‘lishi kerak edi. Ajoyib o‘yin uchun Ispaniyani tabriklayman, ular bu g‘alabaga munosib”, deydi Keza o‘yindan so‘ng.

Shuningdek, futbolchi jamoa sardori Bonuchchining qizil kartochka olishi o‘yinga salbiy ta’sir o‘tkazgani haqida aytib o‘tdi:

“Shubhasiz, Ispaniyaga qarshi o‘n kishi bo‘lib o‘ynash qiyin. Shunga qaramay, birinchi bo‘limda bizda ikkita yaxshi imkoniyat bo‘ldi, biroq taym yakuniga qadar ikkita gol o‘tkazib yubordik. Raqib xatolarimizdan unumli foydalanib ketdi. Ha, Bonuchchi xato qildi. Biroq, hakam sardorimizga nisbatan juda qo‘pol munosabatda bo‘ldi, chunki men hech qachon xalqaro miqyosdagi o‘yinlarda, bu qadar oddiy vaziyatlar uchun qizil kartochka berilganini ko‘rmaganman, hakam qaroriga umuman qo‘shilmayman”. 

Ma’lumot uchun, Italiya va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuvining 40-daqaqasida Leanardo Bonuchchi havodagi kurashda “qizil furiya” sardori Serxio Busketsning yuziga zarba berib yubordi. Rossiyalik hakam Sergey Karasyov ushbu vaziyatda Bonuchchini maydondan chetlatdi.

Yevro-2020 yarim finalidagi mag‘lubiyat uchun revansh olgan Ispaniya finalda bugun, 7 sentyabr o‘tkaziladigan Fransiya va Belgiya bahsi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Shu bilan Ispaniyaga yengilgan Italiyaning 37 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Ispaniya UEFA Futbol millatlar ligasi K'eza Bonuchchi

Baholaganlar

17

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing