Haqiqiy anomal issiq: Quvaytda mashina va svetoforlar quyoshda eriyapti (video)

Olam

image

Arabiston yarimorolidagi mamlakatlarda ob-havoning anomal isishi kuzatilmoqda. Quvaytda butun hafta davomida havo harorati +50 darajani tashkil etdi. 6 iyul kuni harorat +73 darajaga yetgan.  Ko‘chalarda salqinliklarni topib bo‘lmaydi. Bu haqda “Khaleej Times” nashri xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, yuqori harorat tufayli ba’zi yirik shaharlarda elektr ta’minoti uzilib qolgan. Shuningdek, rasmiylar mahalliy aholini eski konditsionerlarni almashtirishga chaqirgan, chunki ular elektr ta’minotidagi ortiqcha muammolarga sabab bo‘lyapti.

Bundan tashqari, Quvayt aholisi quyoshda eriyotgan mashinalar va boshqa ob’ektlarni videoga olgan. Ushbu g‘ayritabiiy lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, anomal issiqlik mamlakatda iyun oyining boshida boshlangan edi. Meteorologlarning xabar berishicha, g‘ayritabiiy harorat sentyabr oyining boshlarida tugashi kutilmoqda.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

anomal issiq Quvayt

Baholaganlar

1081

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing