Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonga nam havo kirib keladi
Bu qiziq
−
25 noyabr
22351Joriy haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Bildirilishicha, 28-29 noyabrda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va 28 noyabrda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.
Yomg‘ir yog‘ishi iliq ob-havoda kuzatiladi, 28 noyabrda harorat kechasi 7-10 daraja iliq, kunduzi 17-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 29 noyabrda haroratning pasayishi boshlanadi, kunduz kungi harorat 10-13 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushadi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
28 noyabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida, 28-29 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Toshkent shahrida 28 noyabrda 7-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq bo‘ladi. 29 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7-10 daraja iliq, kunduzi 10-13 daraja iliq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
LiveBarchasi