Haftaning ikkinchi yarmida havo isiydi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet hafta davomida, 3-7 iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, iyun oyining birinchi ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek 4-5 iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

Ushbu kunlarda Respublika hududining katta qismida qulay harorat foni saqlanib turadi, haftaning birinchi yarmida harorat 29-32 daraja, haftaning ikkinchi yarmida 32-35 daraja bo‘ladi. Faqat janubda cho‘l hududlarda harorat kunduz kunlari 36-39 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-5 iyunda Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Harorat 3-5 iyunda 30-33 daraja, 6-7 iyunda 32-35 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 18-21 darajagacha bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made