Haftada ikkinchisi: Ilon Mask yana “Yil odami” bo‘ldi
Olam
−
15 dekabr 2021
6306“Financial Times” gazetasi “Time” jurnalidan keyin milliarder, SpaceX kompaniyasi asoschisi, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskni “Yil odami” deb topdi.
Gazeta tadbirkorning o‘z kompaniyasi tomonidan elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha erishgan yutuqlarini baholagan. Ta’kidlanishicha, taxminan o‘n yil davomida Mask nafaqat “elektr transport vositalari bozorini yaratdi”, balki u korrupsiya va ba’zi birja o‘yinlari investorlari bilan ham kurashdi.
“Uzoq vaqt davomida avtomobilsozlikning qolgan qismi Tesla va meni ahmoqlar va firibgarlar deb atashgan. Ular elektromobillar ishlamaydi, siz kerakli diapazon va unumdorlikka erisha olmaysiz, deyishdi”, degan Mask gazetaga bergan intervyusida.
Tadbirkorni “Yil odami” deb e’tirof etgan nashr, shuningdek uning Twitter’dagi “giperaktivligi”, tarmoqda kriptovalyutalarning targ‘iboti va foydalanuvchilar o‘rtasida ularga bo‘lgan qiziqishning kuchaygani, kosmik sohadagi yutuqlarini qayd etgan.
Gazeta Maskni “o‘z davrining chinakam innovatsion tadbirkori” deb atagan va u dunyodagi eng boy odamga aylanganini eslagan.
Avvalroq, Mask “Time” jurnali tomonidan “2021 yil odami” deb topilgandi. Jurnal yil odami ta’sir timsoli ekanligini va Yerdagi hayotga, kelajakda va undan keyingi hayotga Ilon Maskdan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatganlar kamligini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi