Hafta o‘rtasida O‘zbekistonda havo harorati pasayadi
Bu qiziq
−
03 may 2021
11525Ertaga, 4 may kuni osmonni bulutlar qoplaydi, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Faqatgina Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelishi boshlanadi. 5 mayda Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 6 mayda respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
4-6 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Juma kuni momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ish ehtimoli faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida saqlanib turadi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi va kechasi 12-17° ni, kunduzi 25-30° ni tashkil etadi.
LiveBarchasi