Hafta so‘ngi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
01 may
18429O‘zgidromet O‘zbekiston hududida 3-5 may kunlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 va 5 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 3 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 4 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 22-27 daraja; 5 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-5 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 3-4 mayda 14-19 daraja, 5 mayda 12-17 daraja, kunduzi 3 mayda 25-30 daraja, 4-5 mayda 22-27 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-5 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 3 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 4 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 5 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-5 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 3 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 4-5 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-5 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 3 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 4 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 5 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 3 mayda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja; 4 mayda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 9-14 daraja; 5 mayda kechasi va kunduzi 7-12 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi