Hafta so‘nggida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

O‘zgidromet O‘zbekiston hududida 25-27 may kunlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 19-24 daraja; 26 mayda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 21-26 daraja; 27 mayda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi. 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 va 27 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25 mayda 13-18 daraja, 26-27 mayda 8-13 daraja, kunduzi 25-26 mayda 22-27 daraja, 27 mayda 27-32 daraja bo‘ladi. 

Toshkent va Samarqand, viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 26 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 27 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi. 

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 26-27 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 26 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 27 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-34 daraja; 26 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja; 27 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30 35 daraja bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja; 26 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja; 27 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 25 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 mayda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 14-19 daraja, 26 mayda kechasi va kunduzi 8-13 daraja; 27 mayda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made